So’nggi yangiliklar

18:00"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб, таваккал қилди. Маркус бу трансфер амалга ошиши учун 10 миллиондан воз кечди  0 17:46"Навбаҳор" 7 кун ичида ФИФА тақиқидан қутулиши, собиқ футболчилари олдидаги қарзларини тўлаб бериши лозим — ПФЛ  0 17:36ПСЖ "Реал" ярим ҳимоячисини харид қилмоқчи  0 17:07"Машъал" легионери билан хайрлашди  0 16:39Ўзбекистонлик ҳакамлар ОФК семинарида қатнашмоқда  0 16:11"Пахтакор" Файзуллаевнинг трансфери ортидан қанча ишлаб олиши маълум  10 15:48"Арсенал" янги меҳмон либосини тақдим этди  2 15:25"Страсбур" "Челси" ҳимоячисини ижарага олади  0 15:04Аббос Файзуллаев фаолиятини Туркияда давом эттиради  29 14:47Ўзбекистон U-17 терма жамоаси бош мураббийи йиғинни тарк этди  3 14:30Лёв кутиб турсин (мутолаа учун)  31 14:09"Тоттенхэм" янги бош мураббийи: "Ваъда бераманки, биз албатта ўйинларда ютқазамиз"  7 13:41"Бухоро" етакчиларидан бири билан битимни бекор қилди  6 13:28Погба: "Рэшфорднинг "Барселона"га ўтиши – ақлсизлик, МЮ ажойиб ўйинчини йўқотмоқда"  9 12:59"Like Сup"да финалчилар маълум бўлди  0

Messining zarbasini Nesterov qaytarishi mumkin edi Yangiliklar

Messining zarbasini Nesterov qaytarishi mumkin edi

Kecha JCH-2014 final bosqichiga qura tashlandi. Qura paytida bitay deb qolgan yaralar tirnaldi.
Qura natijalari bilan tanishib chiqar ekanman, o'zimcha katta futbol festivali aslida nima ekanligini yaqindan his qilgandek bo'ldim. To'g'risi, guruhlar va raqiblar malum bo'lgach, u erda O'zbekiston nomi yo'qligi juda alam qildi. Salgina harakat qilganimizda kecha yo Janubiy Koreya yo Eronning o'rnida bo'lishimiz mumkin edi, axir biz ham shunga loyiq edik. Lekin qaerdadir yo'l qo'yilgan xatolar O'zbekiston terma jamoasining jahon chempionatiga chiqa olmasligiga olib keldi.

To'g'risini aytsam, menga ko'proq Eronnning qaysi guruhdan joy olishini kuzatish qiziq bo'ldi. Ham qiziq, ham alamli bo'ldi. CHunki saralash o'yinlarida Koreyaning nima qilib bo'lmasin, guruhdan chiqishiga ishongandim, lekin Eronning oxirgi uch o'yinda birorta ham gol o'tkazmasdan g'alaba qozonishini umuman kutmagandim. Buni barchamiz kutmagandik desam yanada to'g'riroq bo'lar. Saralash uchrashuvlarini bir eslang-a, biz qanday vaziyatda edig-u, Eron qanday holatda edi. Bizning bir yo ikkinchi o'rinni olishimiz aniq bo'lib turgan bir paytda Eron uchta g'alabasi bilan o'zib ketdi. O'shanda bir alam qilgandi, kechagi qurada esa yana alam qildi.

Eron JCH-2014ning “F” guruhida Argentina, Bosniya-Gercegovina va Nigeriya bilan bellashadi. J.Koreya esa so'nggi guruhda Belgiya, Jazoir va Rossiyaga qarshi bahs olib boradi. Agar Eronning o'rnida biz bo'lganimizda bormi, Asqar Tolibjonov bir paytlari aytganidek, Argentina bilan o'rtoqlik uchrashuvida emas, biryo'la rasmiy o'yinda o'ynab qolgan bo'lardik. Tasavvur qiling-a, barchamiz o'yinidan hayratga tushadigan Messining jarima maydonchasiga yorib kirib bergan zarbalarini Ignatiy Nesterov epchillik bilan qaytarmoqda. Bular faqat xayol xolos, lekin amalda ham shunday bo'lishi mumkin edi-ku.

Qanday hisob qayd etilmasin, Argentina bilan o'ynashning o'ziyoq Jeparov, Kapradze, Geynrix, Baqoev singari terma jamoa bilan xayrlashish arafasida turgan futbolchilar uchun terma jamoadagi faoliyat oxirida zo'r xayrlashuv bo'lmasmidi? Axir futbolchi uchun Argentinadek jamoaga qarshi to'p surishdan ortiq baxt bormikin? Bularni o'ylar ekanman, biz qolib Eronning Argentina bilan o'ynashi juda alam qilib ketyapti. Yoki bo'lmasa Koreya o'rnida bo'lib qolganimizda Rossiya bizni o'rganayotgan, rus futbol saytlari tinmay biz haqimizda yozayotgan bo'lmasmidi? Qanday ajoyib bo'lardi-ya!

Nima ham derdik, hozircha bularning hech biri amalga oshmay turadi. CHunki biz munosib bo'la turib jahon chempionatiga chiqa olmadik. Endi bunday imkoniyat yana bo'ladimi-yo'qmi, hech kim aniq ayta olmaydi. Kuni kecha internetda terma jamoamiz oldiga JCH-2018ga chiqish vazifasi qo'yilgani haqida o'qidim. Aslida bizning oldimizga 2014, 2010, 2006, 2002 yilgi jahon chempionatlariga ham borish vazifasi qo'yilgandi. Mana endi vazifa o'zgarmadi va terma jamoamizning JCH-2018ga chiqish uchun harakat qilishi aytildi. Albatta, bunday maqsadlar undan keyingi jahon chempionatlaridan oldin ham yangraydi, faqat qachon biz ham jahon chempionatiga chiqdik deb aytishimiz nomalumligicha qolyapti.

Orzuga ayb yo'q deyishadi. SHunday ekan, biz uchun orzu qilish, go'yoki shirin tush ko'rishdek gapga o'xshab qoldi. Biz – millionlab o'zbek futboli muxlislari hadeb orzu qilmasdan, bir kun kelib hammasi amalga oshishini, terma jamoamizni jahon chempionatida ko'rishni xohlaymiz. Endi hamma gap futbolimiz mutasaddilari, murabbiylar va futbolchilarda qolgan. Bizning qo'limizdan esa qo'llab-quvvatlashdan boshqa narsa kelmaydi. Bundan keyin to jahon chempionati boshlanguncha Messining beo'xshov zarbalari-yu, Nesterovning mohirona qaytarishlari har kuni tushimizga kirib chiqsa ajab emas.

Xayrulla Xoliqov.   
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика