So’nggi yangiliklar

15:22"Астон Вилла" Мартинеснинг ҳолати фонида тер Штегенга қизиқиш билдирмоқда. Аргентиналик дарвозабоннинг белида муаммо бор  0 14:28Семеньо фаолиятини давом эттириш учун устувор вариантни танлади  1 14:02Довбик фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  2 13:15"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи  20 12:31Мбаппе Роналдуга мурожаат қилди: "У менинг дўстим ва кумирим"  3 12:00TVCOM'да бугунги тақвим: "Атлетико", "Барса" МЮ ва бошқалар  0 11:54"Ливерпуль” "Барселона"нинг собиқ ҳимоячисига қизиқмоқда  0 11:25Криштиану Роналду "Форсаж 11"да  11 10:53"Хоразм" футболчиси ОКМКни танлади  0 10:21Колумбия терма жамоаси юлдузи: "Биз ЖЧни интиқлик билан кутмоқдамиз"  4 09:55Гвардиола кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  1 09:28"Локомотив" собиқ ҳужумчисини ортга қайтармоқчи  2 09:002025 йилнинг энг яхши 100 нафар футболчиси эълон қилинди. Месси ва Роналду ТОП-30дан жой олишмади  17 08:30Килиан Мбаппе "Реал Мадрид" тарихидаги Криштиану Роналдунинг рекордини такрорлади  4 08:02ФИФА "Ал Насср" клубига трансфер тақиқи қўйди  1

Messining rekordini yangilagan Boyan Krkich hozir qaerda? Yangiliklar

Messining rekordini yangilagan Boyan Krkich hozir qaerda?

Yangi asrning boshida "Barselona" juda katta progressga uchradi.

Klubning bir muddat jahonda tengsiz bo'lishiga "La Masiya" tarbiyalab bergan oltin avlodning o'rni beqiyos. Pike, Xavi, Inesta, Messi yoki Buskets haqida ko'p va xo'b gapirilgan. Akademiyada ular bilan birga tarbiya topgan, istiqboli ham yuqoridagi futbolchilar singari yorqin bo'lishi kutilgan yana yuzlab futbolchilar borki, bugun eslanmaydi ham. SHundaylardan biri Serbiyadan Kataloniyaga ko'chib borgan Boyan Krkichdir. U ko'k-anorrangli libosda debyutini 17 yosh-u 19 kunligida nishonlab, Leo Messining bu boradagi rekordini yangilagan edi. Gvardiolaning "Barselona"sida 162 o'yinda 41 ta gol urgan forvard Ispaniyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ham muntazam ravishda o'ynardi. Etiborli jihati, Krkich "Barsa" tarkibida 100-o'yinini o'tkazgan eng yosh o'yinchi ham hisoblanadi. La Liga tarixida esa undan yaxshiroq natijani faqat 2 futbolchi qayd etgan: afsonaviy Raul hamda Xoseba Echcheberria.


Biroq, katalon klubida soyada qolishni istamagan Boyan 2011 yilda A Seriyaga ko'chib o'tdi va shu orqali o'z oyog'iga "bolta urdi". "Roma" va "Milan"dagi 2 yillik faoliyat, "Barselona"ga qaytish, "Ayaks", Bundesliga, "Stok Siti" — Krkich bularning hech birida porlay olmadi. 

Oqibatda, 2019 yilning yozida Evropadan bosh olib ketishga majbur bo'ldi. Kanadaning "Monreal Impakt" jamoasi uchun 22 o'yinda 7 gol urgan hujumchi joriy yilning boshida erkin agentga aylandi. Ammo, hozircha yangi klubini topganicha yo'q. 

Xorij matbuotining takidlashicha, Krkich yangi mavsumni Franciyaning o'rtamiyona jamoalaridan biridan boshlaydi. Malumot uchun, u ayni paytda 30 yoshda va bu paytga kelib, evrofutbolning eng yaxshi forvardlaridan biriga aylanishi taxmin qilingan edi.

"Xorvatiyalik Messi" — Alen Halilovich hozir qaerda?

Muallif :
Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика