

BAA yashil maydonlarida o'tkazilgan 2013 yilgi kichik mundial (17 yoshgacha bo'lgan o'smirlar o'rtasidagi) yodingizdami?
Dilshod Nuraliev boshchiligidagi tyerma jamoamiz o'sha musobaqaning guruh bosqichida Marokash, Xorvatiya hamda Panama tyermalariga qarshi kurashgan. O'smirlarimiz 3-turda Xorvatiya tyermasini 2:1 hisobida taslim qilishgan edi. O'sha bahsda xorvatlarning yagona goliga mualliflik qilgan Alen Halilovich ko'plab ekspyertlar tomonidan jahon futbolining bo'lajak yulduzi sifatida etirof qilingan.
10-raqamda to'p tepadigan chapaqay o'yinchi "yangi Messi", "xorvat Messisi" singari laqablarni olganida endigi 17 yoshga qadam qo'ygan edi. "Dinamo" (Zagreb)ning umidli vakili kelasi yil "Barselona"ga transfyer qilindi. O'shanda katalon klubi 18 yoshli Alen uchun 5 mln evro to'lagan. Biroq, Halilovichning yoshi ulg'aygan sari darajasi tushib bordi. "Ko'k-anorranglilar" tarkibida o'z o'rnini topomagach, Bundesligaga ko'chib o'tdi. "Gamburg"dagi omadsiz 2 yildan keyin "Milan"ga keldi. "Rossonyerilar" tarkibida 1,5 yil harakat qilib "kesakdan olov chiqarolmagan" yarim himoyachi Chempionshipga ko'chib o'tdi.

U bugungi kunda "Birmingem Siti" jamoasi sharafini himoya qilmoqda. Ma'lumot uchun, Chempionshipning o'tgan mavsumida 784 daqiqa o'ynagan Halilovich faqat 1 marta raqiblari darvozasiga yo'l topgan. Demak, mutaxassislarning 8 yil oldingi taxminlari o'zini mutlaq oqlamadi.
"Nasaf"ga OFK kubogini olib byergan Anatoliy Demyanenko hozir qayerda?



