Messining otasi: "Sentyabrdan buyon Argentinadaman. PSJ bilan muzokara o'tkazganim yo'q"
15 dek 2020 23:18
Yangiliklar


Messining otasi: "Sentyabrdan buyon Argentinadaman. PSJ bilan muzokara o'tkazganim yo'q"
"Barselona" hujumchisi Leo Messining otasi hamda agenti Xorxe futbolchining PSJga o'tishi mumkinligi borasidagi mish-mishlar haqida gapirdi.
Oldinroq "El Chiringuito" nashri Xorxe Messi Franciyaga etib borgani va PSJ bilan muzokaralar olib borayotgani borasida malumotlar tarqatgandi.
"Feyk. Yana bir soxta xabar. Sentyabr oyidan buyon Argentinadaman. #Fakenews", - deb yozadi Xorxe instagramda.
Yozgi transferlar oynasi vaqtida Messi "Barselona"dan ketishni istagandi.
Ushbu mavsumda futbolchi LaLigadagi 11 o'yinida 5 gol urdi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar