Messi va Dibala vaqti kelib termada birga o'ynaydi, faqat hozir emas
22 mar 2019 23:03
Yangiliklar


Messi va Dibala vaqti kelib termada birga o'ynaydi, faqat hozir emas
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Venesuelaga qarshi o'rtoqlik o'yini oldidan fikrlarini bildirdi.
“Agar Messi va Dibala hujum juftligida harakat qilsa, bir-birning o'rnini to'ldirishi haqida bir necha bor aytganman. Biroq, bunga vaqt kerak bo'ladi. Sababi, Messi endi termaga qaytdi. Hozir mazkur tandemni shakllantirish uchun bizga ozgina vaqt kerak bo'ladi. CHunki, ular hali tayyor emas.”, - deydi Skaloni.
SHuningdek, 40 yoshli mutaxassis matbuot anjumani davomida Messining Venesuelaga qarshi bahsni asosiy tarkibda boshlashi, Dibalaning esa zaxirada qolishi haqida takidlagan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar