Messi to'rt oylik majburiy tanaffusdan qaytishini gol bilan nishonladi
16 noy 2019 01:34
Yangiliklar


Messi to'rt oylik majburiy tanaffusdan qaytishini gol bilan nishonladi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi jamoasining Braziliyaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida gol kiritishga erishdi.
32 yoshli futbolchi uchrashuvning 13-daqiqasida Alisson darvozasiga belgilangan penaltini amalga oshirdi. Leoning ilk zarbasini braziliyalik posbon qaytarib qolgan bo'lsada, darvozabondan qaytgan to'pni hujumchi qiyinchiliksiz to'rga yo'llab, o'yinda hisobni ochdi.
Messi to'rt oylik tanaffusdan keyin ilk marta terma jamoa libosida maydonga tushdi. U so'nggi bor Amerika kubogida 3-o'rin uchun kechgan bellashuvda CHili (2:1) termasiga qarshi maydonga (6 iyul) tushgandi.
Eslatib o'tamiz, avgust oyi boshida Messi Amerika kubogi-2019 musobaqasi paytida korrpupciya haqida aytgan gaplari uchun terma jamoadan uch oyga chetlatilgan edi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar