Messi: "Tez orada termadagi faoliyatimni yakunlayman"
12 iyu 2023 19:21
Yangiliklar
Messi: "Tez orada termadagi faoliyatimni yakunlayman"
Argentina termasi etakchisi milliy jamoadagi faoliyati yakunlanib borayotganini aytdi.
"Inter Mayami" futbolchisi Lionel Messi tez orada Argentina termasidagi faoliyati yakunlanishini bildirdi.
"Qachon bu yuz berishini bilmayman. Oxirgi paytda barcha narsaga erishdim. Endi esa faqat rohatlanish qoldi. Yaratgan ketish uchun kerakli vaziyatni bildiradi.
Aminmanki, tez orada terma jamoadagi faoliyatimni yakunlayman. Yoshimdan kelib chiqilsa, bu tabiiy jarayon. Lekin qachon ekanini aniq bilmayman. Atrofimni o'rab turgan narsalardan zavqlanib, kunlarimni o'tkazyapman.
Terma jamoa bilan juda qiyin davrlarni boshdan o'tkazdik. Keyin esa Jahon chempionati va Kopa Amerikani qo'lga kiritdik. Endi esa rohatlanish vaqti keldi", -deydi Lionel Messi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar