Messi – terma miqyosida 9+ xet-trik qayd etgan uchinchi futbolchi. Leo umumiy faoliyatidagi 57-xet-trigiga erishdi
29 mar 2023 10:00
Yangiliklar


Messi – terma miqyosida 9+ xet-trik qayd etgan uchinchi futbolchi. Leo umumiy faoliyatidagi 57-xet-trigiga erishdi
FIFA kunlari doirasida Argentina TJ o'z maydonida Kyurasaoni qabul qilib, 7:0 hisobida zafar quchdi.
Uchrashuvda uchta golga mualliflik qilgan mezbonlar sardori Lionel Messi terma va klubdagi xet-triklarining umumiy sonini 57 taga etkazdi. Bu borada faoliyatini davom ettirayotgan futbolchilar ichida undan oldinda faqatgina Krishtianu Ronaldu bor – 62 ta.
Bundan tashqari, 35 yoshli forvard terma miqyosida 9-xet-trigiga erishdi va bunday natijani qayd etgan uchinchi futbolchiga aylandi. Bu borada ham peshqadam Ronaldu hisoblanadi (10) va uzoq o'tmishdan shveciyalik Sven Ryudell 9 ta bahsda uchtadan gol urishga erishgan.
Avvalroq, Messi terma jamoa miqyosida 100+ gol urgan Krishtianu Ronaldu va Ali Dayidan keyingi ilk futbolchi bo'lgani haqida xabar bergandik.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar