Messi, Suarez va Neymar qatorasiga uchinchi mavsum 100 dan ortiq to'p kiritishmoqda
07 may 2017 02:53
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/252002_original.jpg)
![](/upload/storage/252002_220.jpg)
Messi, Suarez va Neymar qatorasiga uchinchi mavsum 100 dan ortiq to'p kiritishmoqda
“Barselona” hujum uchligi qatorasiga uchinchi mavsumki 100 dan ortiq gol urishga erishmoqda.
La Liganing so'nggi turida “Vilyareal”ga (4:1) qarshi bahsda Messi dubl qayd etgan bo'lsa, Suares va Neymar ham o'z hisobiga bittadan gol yozib qo'yishga erishdi. Ushbu o'yindan keyin MSN triosining joriy mavsumda barcha turnirlarda kiritgan jami gollari 102 taga etdi.
Ushbu
uchlik 2014 yili “Barsa” safiga Suares kelib qo'shilganidan buyon ketma-ket uch
mavsumdan buyon dunyoning eng kuchli uchligi sifatida qayd etilmoqda. O'tgan yili
ushbu uchlik 131 ta, undan oldingi mavsumda 122 ta gol kiritishning uddasidan
chiqishgan.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar