Messi Realga qarshi o'yinda maydonga tusha olmaydi

Narzulla Saydullayev
2 noya 2015, 10:59
Barselona hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionati 12-turida Real bilan o'yinni o'tkazib yuboradi.

Sport.es nashri xabariga ko'ra, argentinalik futbolchining tiklanish jarayoni kutilganidan sekinroq kechmoqda, shu bois murabbiylar uning sog'ligi bilan tavakkal qilishmoqchi emas.

Messi hamon fizioterapevt va massajchilar nazoratida. U yugurishni boshlaganidan so'ng 3-4 haftadan keyingina maydonga tusha oladi. El Klasiko 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: sport.es