

Sport.es nashri xabariga ko'ra, argentinalik futbolchining tiklanish jarayoni kutilganidan sekinroq kechmoqda, shu bois murabbiylar uning sog'ligi bilan tavakkal qilishmoqchi emas.
Messi hamon fizioterapevt va massajchilar nazoratida. U yugurishni boshlaganidan so'ng 3-4 haftadan keyingina maydonga tusha oladi. El Klasiko 21 noyabr kuni bo'lib o'tadi.



