Messi: "Real"ga qarshi "klassiko" haqida o'ylaydigan vaqt keldi"

Aslanov Jasurbek
30 mar 2016, 10:10
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Real"ga qarshi Ispaniya chempionati 31-tur uchrashuviga tayyorlanishni boshlab yubordi.

Messi bu haqda Argentina terma jamoasi bilan Boliviyani mag'lub etgandan (2:0) so'ng aytdi.

"Salomatligim borasida muammolar bo'lmadi. Endi Barselonaga qaytib "Real"ga qarshi "klassiko"ni o'ylash vaqti etdi. Bu biz uchun jiddiy imtihon bo'ladi" - deydi Messi.

"Barselona" - "Real" uchrashuvi 2 aprel kuni "Kamp Nou" stadionida bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca