So’nggi yangiliklar

19:57"Локомотив" Тожикистон жамоасидан енгилди  0 19:43"Эвертон" Кубога қизиқиб қолди  0 19:19Жака АПЛга қайтмоқда   1 18:54Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоасининг Японияга қарши таркиби маълум  1 18:39Гвардиола "Барселона"га қайтадими?  4 18:13АПЛ топ-клублари "Ал Ҳилол" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  2 17:36"Тоттенхэм" ва "Барселона" "Арсенал" ҳужумчисига қизиқмоқда  3 17:08"Вест Хэм" "Манчестер Юнайтед"дан япониялик дарвозабонни илиб кетмоқчи  4 16:40Де Лигт: "Манчестер Юнайтед" учун ўтган мавсум ўтмишда қолди"  0 16:13"Реал" Винисиус Жуниорга ўринбосар топди – АПЛ юлдузи устувор вариант  4 15:45Breaking! "Ливерпуль" Исак билан келишувга эришди  18 15:22ЦСКА ҳимоячиси: "Туркия чемпионати Файзуллаев учун ЖЧ олдидан трамплин бўлади"  9 14:55Суперлига қайтмоқда! 16-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  6 14:34Расман: Бахтиёр Зайнутдинов – "Динамо М" футболчиси  1 13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0

Messi PSJdan ketish haqida o'ylamoqda Yangiliklar

Messi PSJdan ketish haqida o'ylamoqda

U kelajagi uchun ikkita variantni ko'rib chiqayotganini aytishmoqda.

PSJ hujumchisi Lionel Messi yozda shartnomasi yakunlangandan so'ng Parij klubini tark etishi mumkin, deb yozdi "L'Equipe".

7 karra "Oltin to'p" sohibi 2021 yilda "Barselona"ni tark etgan va PSJ bilan yana bir yilga uzaytirish bandini o'z ichiga olgan ikki yillik shartnoma imzolagandi.

PSJ Messining bu variantdan foydalanishini istaydi, biroq ayni paytda moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya qilish uchun maoshi, yani mavsum uchun 30 million evrodan kamroq olishga ro'zi bo'lishini kutadi.

Parijda argentinalikning otasi va agenti Xorxe Messi ishtirok etgan yig'ilishda bu taklif rad etildi. PSJ kelishuvga erishish uchun 35 yoshli futbolchining otasi bilan yana uchrashishni intiqlik bilan kutmoqda.

Messining o'zi kiyinish xonasidagi beqarorlikdan charchagan va PSJdan ketish haqida o'ylab yuribdi.

Qayd etilishicha, Lionel MLS klubiga o'tishni ustuvor variant sifatida ko'rib chiqadi, katta ehtimol bilan bu "Inter Mayami" bo'ladi. Bundan tashqari, 2022 yilgi jahon chempioni "Barselona"ning har qanday taklifini tinglashga tayyor, ammo hozircha Kataloniya klubi bilan aloqalar bo'lmagan.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика