Messi PSJda qancha maosh olishi aniq

Mirjalol Normatov
8 avg 2021, 10:35
Leo Messining PSJdagi shartnomasi borasidagi ayrim ma'lumotlar ochiqlandi.

"L’Équipe" xabariga ko'ra, argentinalik futbolchi PSJga o'tgan taqdirda bonus sifatida 30 mln evro qabul qilib oladi. Shuningdek, uning yillik maoshi 40 mln evroni tashkil qiladi. Kelishuv esa "2+1" ko'rinishida tayyorlanmoqda.

"Mundo Deportivo" xabariga ko'ra, Parij klubi seshanba kuni Messini o'z futbolchisi sifatida tanishtirishni rejalashtirmoqda. Eslatib o'tamiz, ayni damda PSJda eng ko'p maosh oladigan futbolchi sifatida Neymar qayd etilgan - yiliga 35 mln evro.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: L’Équipe