Messi mundial finalida ham “man of the match” sovrinini qo'lga kiritib, navbatdagi rekordni o'rnatdi
19 dek 2022 08:20
Yangiliklar
Messi mundial finalida ham “man of the match” sovrinini qo'lga kiritib, navbatdagi rekordni o'rnatdi
Qatardagi mundial finalida Argentina terma jamoasi dramtik kechgan bahsda Franciyani penaltilar seriyasida mag'lub etib, bosh sovrin egasiga aylandi.
Lionel Messi uchrashuvda dublga erishdi va futbol lotereyasida ham zarbada adashmadi. U finalning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etildi. 35 yoshli forvard guruh bosqichi, 1/8 final, 1/4 final, 1/2 final hamda hal qiluvchi bahslarda “man of the match” sovrinini qo'lga kiritgan o'yinchi sifatida mundial rekordini o'rnatdi.
Bundan tashqari, Messi mazkur individual nominaciyada 11-marotaba g'olib deb topildi va o'z rekordini yangilashga erishdi. Eng yaqin taqibchilari Krishtianu Ronalduda (Portugaliya) 7 ta, Aren Robbenda (Niderlandiya) esa 6 ta “man of the match” sovrinlari bor.
Fikrlar