Messi: "Men hech qachon tarixdagi eng yaxshi futbolchiman deb aytmaganman"

Aslanov Jasurbek
6 dek 2021, 00:27
Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messi "O'zingizni tarixdagi eng yaxshi futbolchi deb hisoblaysizmi?", degan savolga javob berdi.

"Men hech qachon tarixdagi eng yaxshi futbolchiman deb aytmaganman va sizni shunday o'ylashga majbur qilmayman. Men uchun eng yaxshi deb hisoblanishimning o'zi kifoya.

Hech qachon Maradona bilan solishtirishlarini yoqtirmasdim. Ilgari terma jamoaga nisbatan aytilayotgan tanqidlar meni bezovta qilardi. Oldin Argentina termasi bilan yomon damlarni boshdan kechirganman", - deydi Messi.

Eslatib o'tamiz, 29 noyabr kuni Parijda "Oltin to'p"ni topshirish marosimi bo'lib o'tdi. PSJ hujumchisi Lionel Messi ettinchi marta ushbu sovrinni qo'lga kiritdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN