Messi: "Ko'pchilik meni "Barselona"ni boshqaradi deb o'ylaydi, ammo men shunchaki futbolchiman"
12 jan 2015 10:41
Yangiliklar


Messi: "Ko'pchilik meni "Barselona"ni boshqaradi deb o'ylaydi, ammo men shunchaki futbolchiman"
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi "Atletiko"ga qarshi Ispaniya chempionatining 18-tur uchrashuvidan (3:1) so'ng o'zining jamoadan ketishi haqidagi mish-mishlarni raj etdi.
"Men hech qachon "Barselona"dan ketishni xohlamaganman. Kaminaning qulog'iga "CHelsi"ga yoki "Manchester Siti"ga o'tishim haqida mish-mishlar chalindi, ammo bu yolg'on. Avvalari Ibragimovich, Gvardiola, Eto'O va Boyan bilan munosabatim yomon bo'lgan emish. Xuddi men ulardan qutilganmushman. Lekin barchasi noto'g'ri. Men hech qachon murabbiyni yoki yana kimnidir jamoadan ketishini so'ramaganman.
Bu gaplardan charchadim. Ko'pchilikning fikricha, men "Barselona"ni boshqaraman, ammo kamina shunchaki futbolchi. Men muhim qarorlarni qabul qilmayman va bu haqda hech kimdan so'ramayman" - deydi Messi.

Fikrlar