Messi kelajagi borasidagi qarorni saylovdan keyin qabul qiladi
18 dek 2020 19:44
Yangiliklar


Messi kelajagi borasidagi qarorni saylovdan keyin qabul qiladi
"Barselona" etakchisi Lionel Messi hamon kelajagi borasida yakuniy qarorni qabul qilmagan.
Argentinalki charm to'p ustasi bu haqda 24 yanvarda o'tkaziladigan "Barselona" prezidentligi uchun saylovlardan keyin o'ylab ko'rmoqchi. Messi klubning yangi prezidenti bilan suhbatlashib, uning rejalarini bilmoqchi va shundan keyin klubda qolishi mumkin, deya xabar tarqatdi ESPN.
Forvardning "ko'k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2021 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Yanvar oyidan boshlab u boshqa klublar bilan muzokara olib borish huquqiga ega bo'ladi.
Joriy mavsum La Ligada 12 o'yin o'tkazgan 33 yoshli futbolchi 5 ta gol urgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar