Messi JCH-2026da o'ynaydimi? Skaloni javob berdi
31 jan 01:50
Yangiliklar
Messi JCH-2026da o'ynaydimi? Skaloni javob berdi
Argentina termasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Leo Messining JCH-2026da o'ynashi imkoniyatlarini baholashni istamadi.
2026 yilda mundial AQSH, Meksika va Kanada davlatlarida o'tkaziladi. 37 yoshli argentinalik futbolchi ayni damda "Inter Mayami" sharafini himoya qilmoqda. O'tgan mavsumda Messi MLSning 22 o'yinida 21 gol va 11 assist qayd etdi.
"Hozirda bu haqda gapirishning mavridi emas. To'g'risi, bu savolni aktual deb hisoblamayman.
Leoning o'zi faoliyatiga eng yaxshi onlarni olib kirishni yaxshi biladi. Qarorni uning o'zi chiqarishi kerak", - dedi Skaloni.
Fikrlar