Messi Jahon chempionatida 2 tarixiy rekordni o'rnatdi
27 noy 2022 09:15
Yangiliklar


Messi Jahon chempionatida 2 tarixiy rekordni o'rnatdi
Qatardagi mundial 2-turida Argentina terma jamoasi 2:0 hisobida Meksikani engdi.
Uchrashuvda faol harakat qilgan Lionel Messi avvaliga, o'yinda chiroyli tarzda hisobni ochdi va keyin Enco Fernandesning goliga hammuallif bo'ldi.
SHu tariqa, Messi JCHda bir o'yin davomida gol+pas bergan yoshi eng katta futbolchiga aylandi – 35 yosh-u, 155 kunlik (Squawka manbasi). U mazkur natija bo'yicha 2006 yil Serbiyaga qarshi bahsda eng yosh futbolchiga ham aylangan – 18 yosh-u, 357 kunlik.
Bundan tashqari, Leo 5 ta mundialning har birida assistga erishgan ilk futbolchi sifatida rekord qo'ydi:
2006 – 1 ta;
2010 – 1 ta;
2014 – 1 ta;
2018 – 2 ta;
2022 – 1 ta.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar