Messi - Ispaniya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchi
07 avg 2017 16:05
Yangiliklar
Messi - Ispaniya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchi
Ispaniya futboli tarixi va statistikasi tadqiqot markazi o'tkazgan tadqiqotlarga ko'ra, "Barselona" hujumchisi Lionel Messi Ispaniya chempionatlari tarixidagi eng yaxshi futbolchi.
Tadqiqotda Ispaniyaning 86 chempionatida ishtirok etgan 9280 futbolchi tahlil qilindi.
Tahlilda har mavsumda o'tkazilgan daqiqalar, o'yindan va penaltidan urilgan gollar, qizil kartochkalar va boshqa narsalar hisobga olindi.
Natijada Messi 545 ochko to'pladi, ikkinchi o'rinni esa Raul egalladi (528). Uchinchi o'rin 1939-1955 yillarda "Barselona" sharafini himoya qilgan Sesar Sanchesga (524) nasib etdi.
30 yoshli futbolchi Ispaniya chempionati tarixidagi eng yaxshi to'purar hisoblanadi. Uning hisobida 349 ta gol mavjud.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar