Messi "Inter Mayami" mashg'ulotlarida jarohatlandi
15 avg 2023 14:37
Yangiliklar
Messi "Inter Mayami" mashg'ulotlarida jarohatlandi
"RMC Sport" xabariga ko'ra, hujumchi Lionel Messi "Inter Mayami" bilan mashg'ulotlarda jarohat orttirib oldi.
Argentinalik futbolchi qoqilib, to'pig'idan lat edi. Futbolchi jarohati tufayli mashg'ulotlarni tark etishga majbur bo'ldi.
"Agar bu jiddiy bo'lganida, barcha o'yinchilar hayratda qolishardi. Ular ortiqcha ehtirosga berilishmadi, menimcha, hammasi joyida", – dedi bosh murabbiy Tata Martino.
36 yoshli futbolchi jamoa safida 5 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urdi. Messi "Inter Mayami" tarixidagi eng yaxshi to'purarlardan biri.
15 iyul kuni "Inter Mayami" Messining transferi haqida elon qildi. U Amerika klubi bilan 2025 yilning 31 dekabrigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Ertaga, 16 avgust kuni "Inter Mayami" Liga Kubogi yarim finalida "Filadelfiya"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar