Messi Inter Mayami bilan shartnoma imzolash uchun AQSHga etib keldi
12 iyu 2023 07:23
Yangiliklar
Messi Inter Mayami bilan shartnoma imzolash uchun AQSHga etib keldi
Barselona va PSJning sobiq hujumchisi Lionel Messi 11 iyul kuni AQSHga etib keldi.
Bu haqida ESPN xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, argentinalik futbolchi dam olish kunlarida «Inter Mayami» bilan shartnoma imzolaydi va Amerika klubining yangi futbolchisi sifatida rasman tanishtiriladi.
Eslatib o'tamiz, Messining o'zi avvalroq erkin agent sifatida «Inter Mayami»ga o'tishini malum qilgandi.
Messi ikki yillik faoliyatidan so'ng PSJni tark etgandi. U yakunlangan mavsumda barcha musobaqalarda 41 ta o'yinda qatnashib, 21 ta gol urdi va 20 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar