Messi Franciya va Braziliyani JCH-2022 g'olibligi uchun asosiy favorit deb atadi
17 okt 2022 18:00
Yangiliklar
Messi Franciya va Braziliyani JCH-2022 g'olibligi uchun asosiy favorit deb atadi
Argentina terma jamoasi va PSJ hujumchisi Lionel Messi Qatarda bo'lib o'tadigan 2022 yilgi Jahon chempionatida g'oliblikka kimlarni asosiy davogar deb bilishini aytdi.
"Favoritlarga kelsak, Braziliya, Germaniya, Franciya, Angliya, Ispaniya kabi yirik jamoalar bor va bazilarini unutganimga aminman. Ammo bir yoki ikkitasini tanlashim kerak bo'lsa, bgungi kunda Braziliya va Franciya bu jahon chempionatida g'alaba qozonish uchun ikkita asosiy nomzod deb o'ylayman", – dedi Messi.
Braziliya terma jamoasi besh marta chempion bo'liyu, mundiallarda eng ko'p g'alaba qozongan jamoa bo'lib turibdi. Franciya terma jamoasi esa amaldagi Jahon chempioni hisoblanadi.
Qatardagi musobaqa 20 noyabrdan 18 dekabrga qadar bo'lib o'tadi.
Avvalroq Messi JCH-2022 uning uchun oxirgisi bo'lishini tan olgandi. Argentinalik futbolchi to'rtta mundialda qatnashgan: 2006, 2010, 2014 va 2018 yillarda.
Fikrlar