Messi faoliyati davomida qancha gol urgani malum bo'ldi
10 sen 2021 22:02
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/657192_original.jpg)
![](/upload/storage/657192_220.jpg)
Messi faoliyati davomida qancha gol urgani malum bo'ldi
Argentinalik hujumchi Lionel Messining futbolchilik faoliyati davomida qancha gol urgani malum qilindi.
Argentina terma jamoasi JCH-2022 saralashida Boliviyani mag'lub etdi. Uchrashuvda maydon egalari 3:0 hisobida zafar quchdi.
O'yindagi uchala to'p ham Lionel Messi tomonidan kiritildi.
SHu tariqa Messi faoliyati davomida 750-golini kiritdi. Buning uchun forvardga 932 ta o'yin kerak bo'ldi.
Malumot uchun, hozirda Messining terma jamoada 79 ta goli bor, bu xalqaro futbol tarixidagi barcha Janubiy Amerika futbolchilari orasida eng yuqori ko'rsatkich hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar