Messi YCHLda so'nggi 17 yillikdagi antirekordni o'rnatdi

Aslanov Jasurbek
9 dek 2020, 09:55
“Barselona” YCHL guruh bosqichi 6-turida o'z uyida “Yuventus”ni qabul qilib, 0:3 hisobida mag'lub bo'ldi.

Uchrashuvda Leo Messi “Yuventus” darvozasi tomon 11 ta zarba yo'lladi, shundan 7 tasi darvoza tomon aniq borgan va ularni Jiji Buffon bartaraf etgan. Natijada Messi bitta o'yinda shuncha aniq zarba berib YCHLda so'nggi 17 yillikdagi antirekordni o'rnatdi. “OPTA” xabariga ko'ra, YCHLda 2003/04 yilgi mavsumdan beri (statistika shu mavsumdan yuritila boshlangan) hech kim bitta o'yinda shuncha aniq zarb berib, gol urmaslik holati kuzatilmagandi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Opta