Messi – darvoza ustuni va to'sinini nishonga olish bo'yicha Fransiya chempionati yetakchisi

Sherzod Nurmatov
23 dek 2021, 20:13
PSJning argentinalik hujumchisiga omad kulib boqmayapti.

Lionel Messi Fransiya chempionati 19-turi doirasidagi "Loryan" (1:1) bilan o'yinda birinchi taym yarmida darvoza ustunini poyladi.

Shunday qilib, parijliklar forvardi ushbu mavsum davomida 11-marta darvoza ustuni hamda to'sinini ko'zladi. Bu Liga 1 futbolchilari orasidagi eng yaxshi ko'rsatkich sanaladi.

Messi shu vaqtga qadar Fransiya chempionatida 11 o'yin o'tkazib, 1 ta gol urdi va 4 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Stats Foot