Messi CHempionlar Ligasining ikkita tarixiy rekordini o'rnatdi
15 sen 2022 12:19
Yangiliklar


Messi CHempionlar Ligasining ikkita tarixiy rekordini o'rnatdi
PSJ CHempionlar Ligasi 2-turi doirasidagi o'yinda Xayfaning "Makkabi" jamoasini qabul qilib, irodali g'alabaga erishdi.
37-daqiqada Lionel Messi hisobni tenglashtirdi. Bu gol argentinalik futbolchining CHempionlar Ligasida ikkita rekord o'rnatganini anglatadi.
Birinchidan, "Makkabi" Messi darvozasiga to'p kiritgan 39-jamoaga aylandi. Ronaldu 38 xil raqib darvozasini ishg'ol qilgan.
Ikkinchidan, Messi CHempionlar Ligasida ketma-ket 18-mavsumda kamida 1 ta gol urdi. Karim Benzemada 17 ta shunday mavsum bor.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar