Messi Braziliyaga qarshi o'ynaydimi?
16 noy 2021 08:47
Yangiliklar
Messi Braziliyaga qarshi o'ynaydimi?
Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skalonining aytishicha, Messi ertaga Braziliyaga qarshi bo'ladigan o'yinda maydonga tushadi.
"Avvalgi o'yin oldidan ham u jismoniy tomonlama yaxshi formada edi. Ammo biz uni faqatgina o'yinning bir qismida o'ynashini maqul ko'rdik.
SHuni tasdiqlashim mumkinki, u Braziliyaga qarshi o'ynaydi. Umid qilaman, Messi o'zini yaxshi his qiladi.
Bizni JCHga chiqib bo'lgan etakchi terma jamoaga qarshi qiyin o'yin kutmoqda. Ammo bu Amerika Kubogi finali emas", - dedi Skaloni.
Eslatib o'tamiz, Messi sog'lig'i bilan bog'liq muammolar sabab PSJning ikki o'yinini o'tkazib yuborgandi. Urugvayga qarshi o'yinda esa 76-daqiqada maydonga tushirilgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar