Messi Braziliyaga qarshi o'ynashi mumkin
05 noy 2021 21:31
Yangiliklar
Messi Braziliyaga qarshi o'ynashi mumkin
Lionel Messi shanba oqshomida PSJning "Bordo"ga qarshi o'yinini o'tkazib yuboradi.
Parij klubi rasmiy saytida argentinalik forvard tizzasi va son mushaklaridagi og'riqlar tufayli davolanishni davom ettirayotgani haqida malumot elon qilindi.
SHu bilan birga Messi Argentina terma jamoasining noyabr yig'iniga boradi. Bu haqda PSJ bosh murabbiyi Maurisio Pochettino juma kungi matbuot anjumanida jurnalistlarga malum qildi.
Manbaning xabariga ko'ra, Messi Urugvayga qarshi o'yinni (13 noyabrga o'tar kechasi) o'tkazib yuborish ehtimoli bor, biroq u Braziliyaga qarshi maydonga tushishi mumkin (17 noyabrga o'tar kechasi o'tkaziladi).
Fikrlar