Messi bolalikdagi orzusiga erishdi
11 iyu 2021 09:03
Yangiliklar
Messi bolalikdagi orzusiga erishdi
Bu musobaqadagi g'oliblik finalda kimsan Braziliya mag'lub etilgani bilan ham ahamiyatga molikdir. Turnir Braziliyada tashkil etildi va finaldan oldin maydon egalarining imkoniyati ko'proq edi. Lekin Argentina terma jamoasi ham yurt, ham Messi uchun o'ynab o'ta qiyin bahsda g'alaba qozondi.
Messining yoshlikdagi orzusi mamlakat bosh jamoasi bilan katta musobaqada zafar quchish edi. Va nihoyat 2021 yilning yozida u orzusiga erishdi. Bungacha Argentina yoshlar termasi bilan U-20 jahon chempionatida, olimpiya terma jamoasi bilan Olimpiadada oltin medallarni qo'lga kiritgan Messi endilikda asosiy jamoa bilan ham kubokni boshi uzra baland ko'tardi.
Lionel Messining faoliyatidagi eng katta yutuqlari:
- Oltita "Oltin to'p"
- 4ta CHempionlar ligasi
- 10ta Ispaniya chempionligi
- 35ta "Barsa" bilan turli darajadagi sovrinlar
P.S. Albatta, butun dunyo futbolida milliy terma jamoa bilan zafar quchishdan katta mukofot yo'q.
Fikrlar