Messi "Barselona" va Ispaniya chempionatida rekordlarni yangilashda davom etyapti
16 fev 2015 15:49
Yangiliklar
Messi "Barselona" va Ispaniya chempionatida rekordlarni yangilashda davom etyapti
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi so'nggi 25 yil ichidagi Primeroning eng yaxshi assistentga aylandi.
Messi 300ta uchrashuvda 106ta golli pas berib, 90 va 2000 yillarda "Barselona" va "Real"da to'p tepgan Luish Figuni ortda qoldirdi. Portugaliyalik hisobida 105ta pas bor. Leo yana bir klub rekordini yangiladi. U "Barselona"da 300ta uchrashuv o'tkazgan eng yosh futbolchi bo'ldi. Messi bu muvaffaqiyatga 27 yoshu 236 kunligida erishdi. Undan oldingi rekordchi Xavi Ernandes edi. Xavi 28 yoshida "Barselona" safida 300ta o'yin o'tkazgan.
Fikrlar