Messi "Barselona" tarkibida 600-golini urdi
02 may 2019 02:22
Yangiliklar
Messi "Barselona" tarkibida 600-golini urdi
Biroz avval ECHL yarim final birinchi uchrashuvi doirasida "Barselona" jamoasi "Liverpul"ni taslim qildi - 3:0.
Uchrashuvda kataloniyaliklar etakchisi Lionel Messi dubl qayd etdi.
Bu 31 yoshli forvardning "Barselona" tarkibidagi 599 va 600-gollari bo'ldi. Buning uchun Leoga 683ta o'yin etarli bo'ldi.

Messi "Barselona" tarkibidagi birinchi golini roppa-rosa 14 yil oldin 2005 yilning shu sanasida "Albasete" darvozasiga kiritgan edi.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina boshqa bir futbol afsonasi Krishtianu Ronaldu klub miqyosida o'zining 600-golini kiritgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"
Fikrlar