Messi "Barselona" bilan kelishuvga erishdi
14 iyu 2021 19:28
Yangiliklar
"Barselona" hujumchisi Lionel Messi klub bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi.
Kelishuv 5 yilga mo'ljallangan, ammo 2022/23 yilgi mavsum so'nggida Lionel "Barsa"da o'ynashni davom ettirish-ettirmasligini o'zi hal qiladi. Ehtimol, forvard ikki yildan so'ng u MLSga yo'l olishi ham mumkin.
Messi yangi mavsum "Barsa"da 20 million evro maosh oladi. Keyingi mavsumda esa maoshi yuqorilaydi. Agar tomonlar 2023 yilda hamkorlikni to'xtatsalar, forvard katta summa oladi.
Agar Lionel jamoada qoladigan bo'lsa, unda 2023 yildan boshlab to'lovlar hajmi asta-sekin pasayishni boshlaydi.
Xabarlarga ko'ra, Messining tovon puli 600 million evro miqdorida ko'rsatilgan.
Fikrlar