Messi "Atletik" bilan o'ynamaydi
20 jan 2016 16:10
Yangiliklar


Messi "Atletik" bilan o'ynamaydi
"Barselona" bosh murabbiyi Luis Enrike "Atletik"ka qarshi Ispaniya Kubogi bahsida maydonga tushadigan futbolchilarni aniqlab oldi.
Ushbu o'yin 20 yanvardan 21 yanvarga o'tar kechasi soat 01:00da boshlanadi.
Tarkibda hujumchilar Lionel Messi va Luis Suares hamda darvozabon Klaudio Bravo yo'q. Bundan tashqari, Rafinya, Xordi Alba va Jeremi Matyo ham Bilbaoga bormaydi.
"Barselona":Masip, ter SHtegen, Duglas, Pike, Rakitich, Buskets, Alves, Turan, Inesta, Neymar, Maskerano, Bartra, Munir, Sandro, Roberto, Adriano, Vidal, Vermalen.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar