So’nggi yangiliklar

10:19ОКМК назорат учрашувида Қирғизистон клубини йирик ҳисобда енгди  0 09:52Валижон Раҳимов: "Нима учун ўзимни кўрсата олмаганимни ҳалигача тушуниб етмадим"  1 09:15"Реал" ўзининг энг қиммат футболчиларидан бири билан хайрлашишга тайёр  3 08:51"Нефтчи"даги саҳифам ёпилди, кетиш икки томон учун ҳам фойдали бўларди" — Тома Табатадзе билан интервью  3 08:20МЛС. "Интер Майами" мағлубиятга учради, Мессининг голли серияси якунланди  3 08:00Неймарнинг голи "Сантос"га ғалаба келтирди, "Фламенго"нинг ғалабали серияси тўхтади  0 07:30"Нефтчи" мураббийи клубни тарк этди   2 01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  14 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  10 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  2 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  3 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  2 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  92

Messi Argentinani chorak finalga olib chiqishga va AQSH JCHda yangi sensaciya qilishga qodirmi? Kunning asosiy intrigalari Yangiliklar

Messi Argentinani chorak finalga olib chiqishga va AQSH JCHda yangi sensaciya qilishga qodirmi? Kunning asosiy intrigalari

Bugun 1/8 finallarning ilk o'yinlari boshlanadi.

Niderlandiya — AQSH


Jahon chempionati pley-off o'yinlarini Niderlandiya va AQSH terma jamoalari ochib beradi. Ikki jamoalar ham guruh bosqichini mag'lubiyatsiz o'tkazishdi, ammo "olovranglar"da amerikaliklarga qaraganda bitta g'alaba ko'proq. Ha, Evropa jamoasining mavqei ham yuqoriroq, ushbu jamoa uch bor JCH finalida o'ynagan. Ammo, barchasini boy bergan.



Netherlands

Memphis Depay - 10', Daley Blind - 45', Denzel Dumfries - 81'

World Cup Final Stage . 1/8-tur

03/12/2022, 20:00

1
:
3
Tugadi

USA

Haji Wright - 76'

Stadion: Khalifa International Stadium, 44846 tomoshabin

Bosh hakam: Wilton Sampaio

45'
90'
10'  Memphis Depay
10'  Denzel Dumfries
45'  Daley Blind
45'  Denzel Dumfries
46'  Davy Klaassen (Teun Koopmeiners)
46'  Marten de Roon (Steven Bergwijn)
60'  Teun Koopmeiners
81'  Denzel Dumfries
81'  Daley Blind
83'  Memphis Depay (Xavi Simons)
87'  Frenkie de Jong
90'  Nathan Ake (Matthijs de Ligt)
90'  Cody Gakpo (Wout Weghorst)
46'  Jesus Ferreira (Giovanni Reyna)
67'  Timothy Weah (Brenden Aaronson)
67'  Weston McKennie (Haji Wright)
75'  Sergino Dest (DeAndre Yedlin)
76'  Haji Wright
76'  Christian Pulisic
90'  Antonee Robinson (Jordan Morris)


Lui van Gal to'dasidan hali yorqin o'yin ko'rmadik, ammo bu jamoaga guruhda birinchi o'rinni olib pley-off bosqichiga yo'l olishga halal bermadi. Eng yorqin taassurot — Kodi Gakponing o'yini. PSV vingeri mavsumning ajoyib starti (barcha musobaqalarda 24ta o'yinda 13ta gol va 17ta assist)dan so'ng terma jamoada ham porlamoqda: JCHdagi uch o'yinda uch gol. Navbat Qatarda hali biror marta o'yindan to'p o'tkazmagan AQSH terma jamoasiga.

Mudofaadagi ishonchli g'alabaga qaramasdan, amerikaliklar qiyinchilik bilan 1/8 finalga chiqishdi. Uelsliklar bilan o'yinda g'alabali hisobni saqlab qolishning uddasidan chiqilmadi, Angliyaga qarshi o'yinda esa g'alaba ham bo'lishi mumkin edi (Kristian Pulishichning zarbasi to'singa tekkanini eslaysizmi?). SHtatlar yagona g'alabani so'nggi turda Eron (1:0)ga qarshi o'yinda rasmiylashtirishdi.



Niderlandiya va AQSH o'rtasidagi oldingi barcha o'yinlar o'rtoqlik maqomida bo'lgan — ilk rasmiy o'yin birdan jahon chempionati pley-offida sodir bo'ldi. G'olib chorak finalda Argentina — Avstraliya juftligi bilan to'qnash keladi.


Argentina — Avstraliya


Saudiya Arabistonidan uchralgan sensacion mag'lubiyatdan so'ng Argentina baribir o'ziga keldi va oldingi JCHdan farqli ravishda guruhda birinchi o'rinni egalladi. O'shanda janubiy amerikaliklar turnir g'oliblari bo'lmish francuzlarga yutqazishgandi. Skaloni to'dasi bugun D guruhining ikkinchi jamoasi bo'lmish Avstraliya bilan uchrashadi.



"Sokkeruz" uchun turnir allaqachon muvaffaqiyatli o'tdi. Avstraliya terma jamoasi tarixda ikkinchi bor jahon chempionati pley-offiga chiqdi. Grem Arnold jamoasi guruhda Tunis (1:0)ni yutdi va Evro-2020 yarim finalchisi bo'lmish Daniya (1:0)dan kuchlilik qildi. Avstraliyalik futbolchilar katta ehtimol bilan Franciya (1:4)ga qarshi o'yindagi yirik mag'lubiyatdan xafa emaslar. Ular uyda allaqachon qahramonlardir, sababi so'nggi (va ilk) bor Avstraliya JCHda 1/8 finalga Gus Xiddink boshchiligida bundan 16 yil oldin chiqqandi. O'shanda avstraliyaliklar Italiya (0:1)ga minimal hisobda yutqazishgan.


Argentina

Lionel Messi - 35', Julian Alvarez - 57'

World Cup Final Stage . 1/8-tur

04/12/2022, 00:00

1
:
2
Tugadi

Australia

Enzo Fernandez - 77'

Stadion: Ahmed bin Ali Stadium, 45032 tomoshabin

Bosh hakam: Szymon Marciniak

45'
90'
35'  Lionel Messi
35'  Nicolas Otamendi
50'  Alejandro Gomez (Lisandro Martinez)
57'  Julian Alvarez
71'  Julian Alvarez (Lautaro Martinez)
72'  Marcos Acuna (Nicolas Tagliafico)
80'  Alexis Mac Allister (Exequiel Palacios)
80'  Nahuel Molina (Gonzalo Montiel)
15'  Jackson Irvine
38'  Milos Degenek
58'  Riley McGree (Craig Goodwin)
58'  Keanu Baccus (Ajdin Hrustic)
72'  Matthew Leckie (Garang Kuol)
72'  Milos Degenek (Fran Karacic)
72'  Mitchell Duke (Jamie Maclaren)
77'  Enzo Fernandez



Bu Argentina uchun yaxshi belgi. Agar ular g'alabaga erishsalar, albatta.


CHorak final


Ushbu juftliklar g'oliblar 1/4 finalda 9 dekabr kuni uchrashishadi. O'yinni turnirdagi eng katta stadion bo'lmish 90 ming muxlisga mo'ljallangan "Lusail"da bo'lib o'tadi.


Alisher Ostonov tarjimasi

Muallif : Alisher
Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика