Mertens "Napoli"dan erkin agent maqomida ketishi mumkin
08 mar 2022 12:57
Yangiliklar
Mertens "Napoli"dan erkin agent maqomida ketishi mumkin
"Napoli" forvardi Dris Mertens yozda klubdan ketishi mumkin.
Jurnalist Nikolo Skiraning malumotiga ko'ra, Neapol klubi rahbariyati shartnomasi 2022 yilning yozida yakuniga etadigan 34 yoshli belgiyalik futbolchiga shartnomani uzaytirishni taklif etmayapti.
O'yinchi "Napoli"dan erkin agent maqomida ketishi mumkin.
Mertens joriy mavsum "Napoli" tarkibida 28ta o'yinda maydonga tushib, 9ta gol va 1ta assist qayd etdi.
Fikrlar