So’nggi yangiliklar

02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  44 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  51 21:44"Челси" "Астон Вилла" юлдузи учун катта таклиф тайёрламоқда  3 20:53"Реал"га Бернарду Силвани таклиф қилишди. "Қаймоқранглилар”нинг бунга жавоби маълум  2 20:10АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Лидс"ни мағлуб эта олмади  20 19:01А Серия. "Наполи" Римда "Лацио"ни қийинчиликсиз мағлуб этди  1 18:37Ван Дейк Испания супер клубига ўтишни истаган эди  1

Meros muammolar – chempionatimiz chipqonlari! Yangiliklar

Meros muammolar – chempionatimiz chipqonlari!

CHempionat musobaqalarini tashkil qilishda mana bir necha yildirki kattagina bir “meros kamchilik” mavjud – bu ham bo'lsa chempionat boshlanish sanasini belgilash.

Musobaqaning boshlanish sanasini ancha oldindan belgilash, uni o'zgartirmaslik aynan o'sha musobaqaga tayyorgarlik ko'rayotgan jamoalar uchun o'ta muhim omildir. Anchagina zarur va asosli o'zgarishlarni amalga oshirayotgan PFL, bilishimcha bu meros kamchilikni ham tuzatish niyatida edi, ammo ularga bog'liq bo'lmagan sabablar bu ishga halal berdi.

Xo'sh, musobaqa boshlanish muddatini oldindan qatiy belgilash nima uchun shunchalar muhim?
Avvalo, bu omil har bir jamoaning ushbu musobaqaga tayyorgarlik ko'rish rejasini ishlab chiqishdagi asosiy mayoq ekanligini anglamog'imiz kerak. CHunki reja, musobaqa boshlanish kunidan ortga hisoblash orqali amalga oshiriladi. Masalan musobaqa 1-mart kuni boshlanishi belgilandi deylik. Demak murabbiy ushbu – aynan 1-martdan ortga kun hisoblash yo'li bilan o'quv-mashg'ulot yig'iniga qancha muddat ajratish, jamoani qachon yig'ib olish, bundan kelib chiqib jamoaga qancha muddat tatil berish kabi o'ta muhim rejalar tuzadi.
Aytishingiz mumkin: Sana o'zgargani bilan jamoa tayyor holda turadi-yu baribir deb. Yo'q! Baribir emas! Misol: Dispetcher poezd mashinistiga Termizdan Toshkentga kirib kelish uchun 12 soat muhlat berdi. U jadal yurib Gulistonga kelganda mashinistga “Uzr, 15 soatda kirib kelishingiz kerak ekan” desa mashinist nima qiladi, Gulistonga kelib 3 soat turadi yoki toshbaqa yurish qilib yo'lovchilarning sabr kosasini to'ldiradi. Boshqa bir misol: Alpinistga cho'qqini zabt etish uchun 10 kun berildi. U yarim yo'lga borganda “uzr, 15 kunda borishing kerak” deyildi. Alpinist nima qiladi: yo yarim yo'lda sovuq qotib biroz vaqt o'tkazadi yoki yana o'sha toshbaqa yurish qilib yuqori odimlaydi. Ammo undagi ishtiyoq va shasht keskin so'nadi. Yig'in ham ham xuddi shunday: jamoa qatiy reja asosida 1-martni mayoq qilib ishga kirishadi, tayyor holga kelganda muddat uzaytiriladi va tayyorgarlik sekinlashadi, rejalar o'zgaradi va h. Bu esa futbolchilar kayfiyati va jismoniy holatiga tasir o'tkazmay qolmaydi.
10-martda boshlanadigan chempionatga, jamosiga etarli tatil bermay dekarb oyidayoq yig'ib olib choptiradigan jamoa bo'lsa urdi Xudo, chempionatga etib kelganda futbolchida ishtiyoq ham sabr ham bir qadar so'nadi.
Tirik misol: Portugaliyalik bosh murabbiyimiz jamoani olishi tayin bo'lib ulgurgandan so'ng qachon jamoani yig'ish masalasiga kelganda chempionat qachon boshlanishini so'ragandi. Fevral oyi oxiri deyildi. U shu muddatni mo'ljal qilib yig'in rejasini tuzdi; Toshkentdagi birinchi yig'in davomida chempionat boshlanish muddati o'zgarganligini eshitdi va rejalariga o'zgartirish kiritdi; yig'inning ikkinchi bosqichi – Turkiya yig'ini davrida muddat tag'in o'zgarganligini eshitdi, hech nima qila olmasligi aniq; "hayrat"ini ichiga yutib yana rejani o'zgartirdi... Pirovardida jamoaning tayyorgarligi murabbiy tuzgan rejadan o'zgacha iznda kechdi. Boshqa jamoalarda ham shunday bo'lgani aniq.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsam, agarda biz futbolchilarning chempionat oldidan etarli dam olishlari, ularning to'laqonli yig'in o'tishlari va zo'r ishtiyoq bilan, jismonan ayni tayyor holda musobaqani boshlashlarini istasak, ularni misolimizdagi mashinist yoki alpinist holatiga tushirishni istamasak – chempionat boshlanish muddatini oldingi chempionat tugashi bilanoq, hech bo'lmaganda yil so'nggida elon qilmog'imiz lozim va osmon uzilib erga tushsa ham o'sha muddatni o'zgartirmasligimiz kerak!", - deb yozadi Abror Pirriev telegramdagi o'z kanalida

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика