Merkado: "Agarda Messiga zarba bersam nimalar bo'lishini bilasizmi?"

Mirjalol Normatov
19 apr 2018, 16:49
"Sevilya" himoyachisi Gabriel Merkado jamoadoshlari "Barselona" yetakchisi Leo Messini "qurolsizlantirishni" uddalashiga umid qilmoqda.

"Messi - eng yaxshisi. U maydonda barchasiga ulguradi: gol uradi va golli pas beradi. Uning ortidan yugurib, to'pni olib qo'yish juda qiyin. U futbol o'ynab zavq oladi. Agarda Messiga zarba beradigan bo'lsam, nimalar bo'ladi? Argentinaga qayta olmayman", - dedi Merkado.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: euro-football.ru