Menotti: "Kroyff ham Gvardiola ham hozirgi holatni o'nglay olmagan bo'lardi"
22 iyu 2019 22:55
Yangiliklar


Menotti: "Kroyff ham Gvardiola ham hozirgi holatni o'nglay olmagan bo'lardi"
Argentina termasining sobiq murabbiyi Sezar Luis Menotti mamlakat bosh jamoasining hozirgi holati haqida fikr bildirdi.
«Hozirgi Argentina terma jamoasining holatini Kroyff ham Gvardiola ham o'nglay olmagan bo'lardi. Ayni vaqtda qayd etilayotgan qoniqarsiz natijalar terma jamoada qanchalik qiyin davr o'tayotganini aytib turibdi. Skalonining bosh murabbiy sifatidagi ishi tahlil qilinadi va baholanadi. Hozir biz termaning barcha jabhalarini har kuni baholamoqdamiz. Biz qandaydir ajralib turuvchi holatlarni emas, balki tasvirni boricha ko'rmoqchimiz. Jamoa o'ynab ketishining iloji yo'qdek. SHuningdek, termada yaqqol rejalashtirilgan g'oyaning o'zi yo'q», – deya qayd etgan 80 yoshli mutaxassis.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar