Mendi operaciya qilindi

Aslanov Jasurbek
15 noya 2018, 11:50
"Manchester Siti" himoyachisi Benjamen Mendi tizzasini operaciya qildirdi.

Futbolchi faqat kelasi yil maydonga tushishi mumkin. Ma'lumotlarga ko'ra, operaciya muvaffaqiyatli o'tgan.

Mendi jarohat tufayli Fransiya terma jamoasini tark etdi, uning o'rniga "Lion"da o'ynaydigan Ferlan Mendi milliy jamoaga chaqirildi.

Mendi o'tgan mavsum jiddiy jarohat tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yuborgan edi.

Benjamen 2017 yildan beri "Siti" sharafini himoya qilmoqda. Joriy mavsum 24 yoshli fransiyalik APLning 9ta uchrashuvida maydonga tushib, 5ta golli pas berdi.

O'xshash yangiliklar


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Championat.com