Menez "PSJ"dan ketmoqchi emas
03 jan 2014 19:37
Yangiliklar


Menez "PSJ"dan ketmoqchi emas
"PSJ" futbolchisi Jeremi Menez yaqinda jamoani tark etishi mumkinligi haqidagi gaplarni inkor qildi, deya xabar bermoqda L`Equipe.
Futbolchining so'zlariga ko'ra, u jamoada qolishni va asosiy tarkibdan joy olish uchun kurashishni istaydi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Menez "Yuventus" bilan shaxsiy shartnoma tuzgani haqida xabarlar paydo bo'lgandi.

Fikrlar