Men VIP joy egasiman. Stadionlardagi 10ta noodatiy VIP tribunalar

Aslanov Jasurbek
2 apr 2015, 16:42
Dunyoda turli xil tabiat ajoyibotlarini uchratgan bo'lsangiz kerak.
Ammo inson qo'li bilan yaratilgan g'alati ishlar yoki loyihalardan ham hayratdan yoqa ushlaysiz. Bugun stadionlardan 10ta noodatiy VIP tribunalarni taqdim etamiz.


1. Staples Center (Los-Andjeles, AQSH)

Jamoalar: "Leykers, "Klippers" (basketbol), "Kingz" (xokkey)

Nimasi bilan ajoyib: uchta bar, yumshoq divanlar, qimmat mebel va raqs zali - bularning barchasi "Staples Center"dagi "Hyde Lounge"da.




2. Arrowhead Stadium (Kanzas Siti, AQSH)

Jamoa: "Kanzas-Siti Chifs" (amerikancha futbol)

Nimasi bilan ajoyib: Xantlar oilasining (NFL mahalliy klubi egasi) ikki qavatli arenasida sovuqqotganlar, kamin oldida isinib olishi mumkin






3. Shimoliy Koreya birinchi kotibining tribunasi  (KXDR)

Jamoalar: KXDRning barcha jamoasi

Nimasi bilan ajoyib: KXDR yetakchisi Kim Chen In stadiondagi har qanday joyni tanlashi mumkin - xatto maydon markazini ham


4. Millerntor (Gamburg, Germaniya)

Jamoa: "Sankt-Pauli" (futbol)

Nimasi bilan ajoyib: VIP muxlislar egulik olib kelishi uchun oficantni kutishi yoki o'zlari borib kelishlari shart emas, bu yerda sosiskalar mahsus poezdda o'zi yetib keladi


5. Oriole Park at Camden Yards (Baltimor, AQSH)

Jamoa: "Baltimor Oriols" (beysbol)

Nimasi bilan ajoyib: uchrashuvni "Hilton Baltimore" sport zalidagi yugurish yo'lakchasida tomosha qilish mumkin


6. Raymond James Stadium (Tampa, AQSH)

Jamoa: "Tampa-Bey Bakkenirs" (amerikancha futbol)

Nimasi bilan ajoyib: agar siz qaroqchilar kemasidagi joydan chipta xarid qilsangiz, kuzatayotgan uchrashuvingiz yanada zavqli bo'ladi. Chunki bu kema to'p otish qobiliyatiga ega




7-8. Sonera Stedium/Xartvall Arena (Xelsinki, Finlyandiya)

Jamoalar: XIK (futbol)/"Yokerit" (xokkey)

Nimasi bilan ajoyib: fin poytaxtidagi futbol va xokey uchun qurilgan stadionlarda saunalar bor




9. Chase Field (Finiks, AQSH)

Jamoa: "Arizona Daymondbeks" (beysbol)

Nimasi bilan ajoyib: tribunada muxlislar uchun maxsus hovuz bor


10. United Center (Chikago, AQSH)

Jamoalar: "Bulls" (basketbol); "Blekxouks" (xokkey)

Nimasi bilan ajoyib: "Chikago Bulls"ning mahsus joyida yashash mumkin








"sports.ru" sayti asosida tayyorlandi


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.asia