So’nggi yangiliklar

18:49Анри Салоҳ ҳақида: "Ливерпуль"да муаммолар бўлиб турганда ва ўзинг натижа кўрсатмаётган пайтда фақат ўзинг ҳақингда гапириш ярамайди. Мен "Барса"да ўйнамаётганимда буни Пепнинг юзига айтганман, оммага эмас. Жамоани ҳимоя қилиш керак"  0 18:39Александр Ежов: "Ҳақли ғалабага эришдик деб ўйлайман"  1 18:15Погба туя пойгаларига инвестиция киритди: "Спорт бу — спорт, асослари ўхшаш. Дунёдаги энг қиммат туяга эгалик қилишни хоҳлардим"  1 17:40Ван Бастен Салоҳ ҳақида: "Агар Мо шундай муносабат билдираётган бўлса, унинг ақли май қўнғизиникидек экан"  10 17:25Николя Пепе: "Роналду Месси ҳақида жуда кўп гапиради. "Наруто"да ким тинмай валдирайди? Саске. Ким жим юради? Наруто"  21 17:00"Хоразм" Суперлигада қолди, "Бухоро" Нукусга боради  45 16:40Камбэк: "Бавария" ҳимоячиси 262 кун деганда қайтди  0 14:55Ротен ЖЧдаги 3 дақиқалик танаффуслар ҳақида: "Футбол – бу бейсбол ёки баскетбол эмас, улар спортимизни ўлдирмоқда"  4 14:25Суперлигада қолиш учун плей-офф. Улар нега бу ерда?  9 13:40Гвардиола "Реал" билан ўйин ҳақида: "Менга "қасос" сўзи ёқмайди. Бу "Ман Сити" учун яхши синов. Агар Мбаппе бўлмаса, Винисиус ёки Родриго бор"  7 13:13"Реал" ва "Барселона" собиқ футболчиси энди Қирғизистон миллий терма жамоасини бошқаради  8 13:00Transfermarkt ва Championat.asia 2025 йилнинг энг яхшиларини аниқлашди   10 12:30"Челси" "Барса" устидан қозонилган 3:0 ҳисобидаги ғалабадан сўнг кетма-кет 4 та ўйинда ғалаба қозона олмади  15 11:48TVCOM'да бугунги тақвим: Ўтиш ўйини, Ҳусанов “Сити” билан Мадридда ва бошқалар  0 11:30Слот Салоҳ билан юзага келган зиддият ҳақида: "Ҳаётда ҳамма хато қилади, аммо ўйинчи хато қилганини тушуняптими? Ташаббус ундан чиқиши керакми ёки мендан?"  4

"Men uchun "Manchester Yunayted" so'zi buyuklikni bildiradi". Fredning yangi jamoasidagi ilk intervyusi Yangiliklar

"Men uchun "Manchester Yunayted" so'zi buyuklikni bildiradi". Fredning yangi jamoasidagi ilk intervyusi

Frederiko Rodriges de Paula Santos. Bizga Fred ismi bilan tanilgan bu inson "Manchester Yunayted" futbolchisi sifatidagi ilk intervyusini berdi.

- "Manchester Yunayted" futbolchisi bo'lganingizdan keyin nimalarni his qilmoqdasiz?
- Juda ham baxtliman! Bu erda bo'lganimdan va ushbu jamoa safida o'ynashimdan baxtiyorman. "Manchester Yunayted" - boy tarixga ega bo'lgan katta jamoa, bu klubda bo'lish - faxr. Endi men bu klub libosida maydonga tushishni kutyapman

- "Manchester Yunayted" so'zi siz uchun qanday ahamiyat kasb etadi?
- Aytganimdek, "Manchester Yunayted" - katta jamoa. Bu nomni bolaligimda eshitganman, kompyuterda ko'rganman. Bu jamoada o'ynamagan kunim bo'lmagan. Men uchun "Manchester Yunayted" so'zi buyuklikni bildiradi.

- Siz 2013-14 yilgi mavsumda "SHaxtyor"daligingizda "Old Trafford"da o'ynab bo'lganciz. Bu stadion, muxlislar, atmosferasi haqida nimalar deya olasiz?
- Stadionning "Orzular teatri" laqabi anchagina o'ziga mos. Bu buyuk stadion! O'sha o'yinda men Rayan Giggzga qarshi bahs olib borganman. O'shanda shunday futbolchiga qarshi harakat qilishdan juda xursand edim. Endi o'zim "Yunayted" azosiman. Albatta, Giggz bilan bir jamoada o'ynay olmayman. Lekin u o'ynagan jamoada, u kiygan qizil rangli liboslarda men ham o'ynayman.


- Siz bir necha yil oldingidan yanada yaxshiroq o'ynay boshladingiz. O'z o'yin uslubingizni qay tariqa tariflab bera olasiz?
- Yanada yaxshiroq bo'lish, rivojlanish uchun har kuni mashg'ulot, mehnat qiladigan futbolchilardanman. Umid qilamanki, bu erda o'zimdagi barcha qobiliyatni namoyish qilaman va har kuni mashg'ulotlarda qattiq ishlab, yanada yaxshiroq bo'laman.

- Qanday qaror "Yunayted"ga o'tishingizga turtki bo'ldi?
- Ilk navbatda klubning masshtabini ayta olaman. "Manchester Yunayted" - ulkan jamoa, butun dunyoda mashhur. Ikkinchidan, shunday jamoada o'ynashni ancha vaqtdan buyon orzu qilayotgandim.

- APLda qatnashish sizga jiddiy chorlovmi?
- Albatta, bu men uchun katta chaqiruv. Aytganimdek, men har kuni progress uchun ishlaydiganlardanman. Bu erda o'zimning eng yaxshi o'yinimni ko'rsata olishim, har kuni ishlab, o'z o'yinimni yana va yana yaxshiroq qila olishimga ishonaman. Bu esa menga "Manchester Yunayted" tarkibida Premer-ligada yaxshi ishtirok etishimga va ko'plab sovrinlar qo'lga kiritishimga yordam beradi.

- Siz "Manchester Yunayted"da o'ynaydigan ettinchi braziliyaliksiz. Oldingi 6 braziliyalikni bilasizmi?
- "Yunayted"da o'ynagan braziliyaliklar bilan yaxshi tanishman. Ayniqsa Anderson, Rafael va Fabio bilan. Biz deyarli bir avlod vakillarimiz va bir-birimizga qarshi o'ynaganmiz. "Manchester Yunayted"da braziliyalik futbolchi bo'lishdan faxrlanaman. Endi klubga yangi sahifani ochishida katta yordam bermoqchiman.

- Keyingi mavsumda qanday natijalarga erishmoqchisiz?
- Yurakdan o'ynab, qo'ldan kelgancha ajoyib o'yin ko'rsatishni istayman. Yangi jamoa, yangi jamoadoshlar, yangi murabbiy bilan faqatgina bir sovrinni qo'lga kiritishni istamayman. "Manchester Yunayted" bilan barcha sovrinlarni yutmoqchiman.

- Sizning to'liq ismingiz Frederiko Rodriges de Paula Santos. Fred sizning laqabingizmi?
- SHunchaki, ismim anchagina uzun. Familiyamni libosimga sig'dirish juda qiyin. Yoshligimda do'stlarim men Fred deb chaqirishardi. Bu esa menga juda yoqardi. Mening boshqa laqabim yo'q.

- Suhbatimiz yakunida "Yunayted" muxlislariga nimalar deysiz?
- Endigina "Yunayted" futbolchisi bo'lgan bo'lsamda "Manchester Yunayted"ning barcha muxlislarini tabriklayman. Meni ko'rgan ko'pchilik muxlislar tezroq "Yunayted"ga o'tishimni so'rashdi. Endi men bunga chiroyli o'yinim bilan javob berib, klubning yangi tarixini yaratishida yordam bermoqchiman.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика