"Men uchun Lamin Yamal - 2024 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi"
27 dek 2024 18:46
Yangiliklar
"Men uchun Lamin Yamal - 2024 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi"
Mashhur agent Jorje Mendesh Lamin Yamalni 2024 yilda dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'ldi deb hisoblaydi.
"Haqiqat shuki, Lamin ortda qolayotgan yilni juda ajoyib o'tkazdi. Men va boshqa ko'pchilik uchun u 2024 yilning eng zo'r futbolchisi bo'ldi. Ham "Barselona"dagi, ham Ispaniya terma jamoasidagi o'yinlari o'laroq shunday.
Lamin boshqa o'yinchilardan ajralib turadi. U kelajakda katta muvaffaqiyatlarga erishishi lozimligini biladi. U muvozanatlarni biladigan yigit. O'ylashimcha, u uzoq yillar eng yuqorida bo'lishga tayyor", - dedi o'yinchining agenti Mendesh.
Malumot uchun, Yamal joriy mavsum LaLiganing o'yinida 10 ta gol urdi va 5 ta assist qayd etdi.
Fikrlar