So’nggi yangiliklar

15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  2 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  0 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  1 14:20Месси туғилган кунини нишонлади, Араухо уйланди, ПСЖда "ойлик чиқди". Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  4 14:10Котрина Кулбите: "Муносиб ўйин кўрсатиб, Осиё кубоги йўлланмасини қўлга киритишни мақсад қилганмиз"  1 13:54"Динамо" бир киши кам бўлиб "Қўқон-1912"ни ютган учрашувдан галерея  2 13:28Гвардиола Грилишнинг кам ўйнаётгани сабабини айтди  1 12:56Милан Митрович: “Футбол ҳаётга ўхшайди — ҳамма нарса режадагидек кетавермайди”  1 12:50Симоне Инзаги: "Пеп Гвардиола - энг зўри"  2 12:22Исломбек Исмоилов: "Нефтчи"га вилоят ҳокимининг таклифи билан келдим"  11 12:12Рафинья Нико Уильямс ҳақида: "Юқори сифатли футболчи"  2 11:44"Астон Вилла" "Челси" ва "Арсенал" қизиқаётган футболчиси учун 100 млн фунт талаб қилмоқда  1 11:16"CAFA Nations Cup" мусобақасида 8 терма жамоа иштирок этади  7 10:50Винисиуснинг талаблари маълум. Унинг талабларини “Реал“ қабул қилишга тайёр эмас  17 10:20“Рома“ ҳужумчисига Россиядан таклиф бор  0

Men nega O'zbekistondan keyin Eronni kuzataman? Yangiliklar

Men nega O'zbekistondan keyin Eronni kuzataman?

Eron terma jamoasi men ko'rgan oltita jahon chempionatidan to'rttasida ishtirok etgan.

1998 yil birinchi marta jahon chempionatini ko'rgan bo'lsam, shundan beri Eron milliy terma jamoasi natijalarini kuzatib kelaman. 1998 yilgi mundialda Eron guruhdan chiqa olmagan bo'lsa-da, AQSHni mag'lub etgani katta shov-shuvga sabab bo'lgandi. 

Eron 2002 yilgi JCHga chiqishga yaqin kelgandi, biroq UEFA-OFK pley-off bahsida Irlandiyaga mag'lub bo'lgan. Keyinchalik Eron 2006, 2014 va 2018 yillarda o'tkazilgan jahon chempionatlarida qatnashdi. Yana bir malumot shuki, Eron JCH-2014 va JCH-2018da Karlush Keyrush qo'l ostida ishtirok etgan. 

Eron terma jamoasining o'yinlari va natijalari meni doim qiziqtirib keladi. Bu mamlakat futbolda ko'p narsaga erishdi va buning siri nimada ekan degan savol doim o'ylantiradi. Har holda gap faqat Keyrushning uzoq muddat (2011-2019 yillar) terma jamoada ishlamaganida bo'lsa kerak. 

To'g'ri, portugaliyalik murabbiy Eron futboli rivojiga ko'p hissa qo'shdi. Lekin ular faqat evropalik murabbiyga qarab o'tirmadi. Eronda avvalo klublar futboli kuchaydi, milliy chempionat darajasi ortdi va buning natijasida terma jamoa ham yutdi.

SHu paytgacha uch marta Eronda bo'lganman va har uchalasi "Lokomotiv" bilan OCHL o'yinlarida ro'y bergan. 2015 Ahvazda "Fulad", 2016 Isfahonda "Sepaxan" va 2017 yil Tehronda "Istiqlol" bilan o'ynab qaytganmiz. 2015 yil birinchi bor Eronga borganimda "Fulad" bolalar maktabi bilan yaqindan tanishgandim.

"Fulad" bolalar futbol maktabining tashqi ko'rinishi. 2015 yilgi surat 


Aytish mumkinki, "Fulad" bu - bizning "Mashal"ga o'xshash klub. Asosan yaxshi futbolchilarni tarbiyalab berish bilan nom qozongan. Garchi chempionlik uchun har yili davogarlik qilmasa-da, boshqa klublarda to'p tepayotgan "Fulad" tarbiyalanuvchilari ko'pchilikni tashkil etadi. 

"Fulad" futbol maktabi oddiy, aytarli hech nimasi bilan o'ziga tortmaydi. Umuman Eronda barcha klublar oddiy. Ularda pul katta emas va arab klublariga o'xshab har yili mashhur o'yinchilarni sotib olmaydi. Eronga keladigan legionerlar nomi mashhur emas, lekin Erondan ketayotgan mahalliy futbolchilar ancha etilib terma jamoaga qaytmoqda. 

Masalan, Sardor Azmunni olaylik, axir "Zenit"dek kuchli klubda o'ynash har kimga nasib etmaydi. Mavsum yakunlariga ko'ra, Azmun Rossiya chempionatining eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu ham bejizga emas, albatta.

"Fulad" maktabida bolalar mana shu maydonda shug'ullanadi. 2015 yilgi surat


Eron klublarini "Al Sadd", "Al Hilol" yoki "Al Duhayl" bilan moliyaviy jihatdan aslo solishtirib bo'lmaydi. Lekin shunga qaramay ularning OCHLdagi natijalari tahsinga loyiq. Masalan, "Persepolis" o'tgan yil OCHL finalida o'ynadi. Bu jamoa 2018 yil ham finalda ishtirok etgandi. Bundan tashqari 2010 yil "Zob Ahan", 2007 yil "Sepaxan" klublari Osiyo chempionlar ligasi finalida ishtirok etgan. 

Va bu klublarning hech birida legionerlar asosiy rolni o'ynamagan. Barcha ishni mahalliy yigitlar bajargan. Yana bir etiborli jihati, Eron terma jamoasida har doim kuchli legionerlari bo'lgan. 

O'z vaqtida o'ynagan Ali Dayi, Mehdi Mahdavikiya, Ali Karimi, Vohid Xoshemiyan, Karim Bageri kabi yulduzlarni bir chetga qo'ya turaylik. Hozirgi terma jamoa safida ham Evropaning nomi chiqqan klublarida to'p tepayotgan legionerlar bor. 

Masalan, Alirizo Beyranvand ("Antverpen"/Belgiya), Milad Mohammadi ("Gent"/Belgiya), Majid Hosseyni ("Trabzonspor"/Turkiya), Alirizo Jahonbaxsh ("Brayton"/Angliya), Mehdi Taremi ("Portu"/Portugaliya), Karim Ansarifad (AEK/Greciya), Sardor Azmun ("Zenit"/Rossiya) va hokazo. SHuningdek, mahalliy klublarda to'p tepayotgan futbolchilarning ham kuchli ekanini bilamiz. 

Eron terma jamoasi doim qiyin vazifalarni uddalashga harakat qiladi. Lekin forslar 1976 yildan beri Osiyo Kubogida zafar qucha olishmayapti. 2000 yildan buyog'ini oladigan bo'lsak, "Team Melli" (Eron terma jamoasi laqabi) uch marta qita birinchiligida chorak finaldan va bir marta yarim finaldan qaytdi. SHuningdek, 2004 yil Xitoyda o'tkazilgan musobaqada uchinchi bo'ldi. 

Eronlik muxlislarning Sardor Azmundan umidi katta


JCH-2022 saralash bahslarining ikkinchi raund o'yinlarida Eron o'zini ko'rsata olmayapti. Dragan Skochich shogirdlari o'tkazilgan to'rtta o'yindan 6 ochko bilan 3-o'rinda borishyapti. Guruh peshqadami Iroq hisobida 11, ikkinchi o'rindagi Bahraynda 9 ochko bor. Vaziyat shundayki, Eron o'z guruhida ikkinchi o'rinni olib ham keyingi bosqichga chiqa olmay qolishi mumkin. 

SHunga qaramay, Eronda ko'pchilik jahon chempionati orzusi bilan yashamoqda va terma jamoaning keyingi bosqichga chiqishiga yuz foiz ishonmoqda. Eron termasi joy olgan guruh o'yinlari markazlashgan tartibda Bahraynda o'tkaziladi. Agar bahslar uy-mehmon tarzida davom etganida forslar qolgan to'rt o'yindan uchtasini o'z maydonida o'tkazishlari lozim edi. 

SHu bois uchrashuvlarning Bahraynga ko'chirilgani ularga yoqmadi va OFKga bir necha bor arz qilishdi. Ha, Eron shunaqa jamoa: doim o'z haqini talab qiladi. SHuning uchun bo'lsa kerak, ular ko'pincha FIFA, OFK kabi katta tashkilotlar bilan janjallashib yuradi. 

Eron MTJ saralashdagi qolgan to'rt o'yinni Gonkong, Bahrayn, Kambodja va Iroqqa qarshi o'tkazadi. Terma jamoadagilar mana shu 4 o'yinning hammasida g'alaba qozonishni maqsad qilgan.

3 iyun. Eron - Gonkong

7 iyun. Eron - Bahrayn

11 iyun. Kambodja - Eron

15 iyun. Eron - Iroq

Qissadan hissa shuki, men O'zbekiston futbolini Eron futboliga o'xshab rivojlanishini xohlayman. Bizdagi moliyaviy imkoniyatlar bilan arab mamlakatlari (Qatar, BAA, Saudiya Arabistoni) tanlagan yo'ldan bora olmaymiz.

Yaponiya, Janubiy Koreya, Avstraliya - bular o'zgacha olam. Nazarimda, Eron tanlagan yo'l bilan bizniki o'xshashdek. Agar biz ham ularga o'xshab Evropa klublarida o'ynaydigan kamida o'nta kuchli legionerga ega bo'lsak, biz ham jahon chempionatiga chiqa olamiz. Yani aytmoqchi bo'lganim, bu o'rinda bizga SHomurodov emas, balki SHomurodovlar kerak bo'ladi. 

P.S. Albatta, bularning barchasi shaxsiy fikr. Siz bu borada qanday fikrdasiz?

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика