"Men hech narsadan qo'rqmayman". Dani Alvesning qamoqxonadagi ilk so'zlari
30 jan 2023 16:55
Yangiliklar
"Men hech narsadan qo'rqmayman". Dani Alvesning qamoqxonadagi ilk so'zlari
Braziliyalik himoyachi Dani Alvesning oilasi ispaniyalik hamkasblarimizga qamoqxonadagi futbolchining so'zlarini etkazishgan.
"Men endi 15 yoshga to'lganimda uydan ketgandim. Hayotim davomida turli va o'ta qiyin vaziyatlardan o'tganman. Bu masala — shunchaki navbatdagi sinov. Men hech nimadan qo'rqmayman", — deya futbolchi so'zlaridan iqtibos keltiradi "Marca".
Avvalroq, Dani Alves 4 yildan 12 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkinligi aytilgandi. Bunday jazo muddati ispan qonunlarida ko'rsatib o'tilgan. Alves tovon puli evaziga ozodlikka chiqarmaslik sharti bilan hibsga olingan, Meksikaning "Pumas" klubi esa futbolchi bilan shartnomani bekor qildi.
Fikrlar