So’nggi yangiliklar

23:11"Арсенал" ҳужумчи борасида яна Италия клубига мурожаат қилди  0 22:44Мбаппе Франция клубининг бошқарув акциялари пакетини сотиб олади  0 21:55"Насаф" яна бир трансфер ҳақида эълон қилди  4 21:35"Арсенал" 45 млн. еврога ҳимоячи сотиб олди  2 21:23Клейди Даци - ОКМК футболчиси  4 21:14"Фулхэм" 34 млн. фунт эвазига "Арсенал" футболчисини сотиб олади  1 20:45"Барселона" футболчиси "Ал Ҳилол" таклифини рад этди  1 20:14Абдураимов "Нефтчи"га ўтди  2 20:00"BMW" Мбаппега машина совға қилди, лекин...  4 19:39ЎФА Остон Ўрунов ўрнига бошқа футболчини жалб этиш бўйича сўров юборди  35 19:36"Кейлор Навас — "Монца" футболчиси!"  4 19:16"Комо" "Бавария"нинг ёш иқтидори билан шартнома имзолади  1 18:55ФИФА "Қизилқум" клубига нисбатан белгиланган трансфер тақиқини олиб ташлади  2 18:34"Сурхон" собиқ устози Баҳрайннинг 5 карра чемпиони бош мураббийи бўлди  6 18:17Илгиз Танташев бригадаси Олимпиада 3-турида ишлайди  4

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. "Navbahor"ga foydam tegsa yoxud oddiy muxlisning takliflari Yangiliklar

"Men ham yozishni xohlayman" rukniga. "Navbahor"ga foydam tegsa yoxud oddiy muxlisning takliflari

Saytimizning "Men ham yozishni xohlayman" rukni uchun elektron pochtamizga viloyatlarda istiqomat qilayotgan muxlislardan turli mavzuda maqolalar kelmoqda.

Quyida ana shunday maqolalardan birini etiboringizga havola etamiz. Agar sizda ham yozish istagi bo'lsa, e-mayl orqali [email protected] manziliga yuborishingiz mumkin. SHuningdek, biz bilan Telegram orqali ham bog'lanish imkoni bor - https://t.me/CA_admin

So'nggi yillarda murabbiylar qo'nimsizligi, jamoada moliyaviy holatning unchalik yaxshi bo'lmagani "Navbahor"ning chempionatda o'tish o'yinida ishtirok etish darajasigacha borib etdi. So'nggi pallada murabbiylikka taklif qilingan Ilhom Mo'minjonovning jamoaning bugungi holatida tutgan o'rni alohida. Quyida Namangan futboli, yutuq va kamchiliklar va kelajagi borasida o'z takliflarim bilan o'rtoqlashishni joiz bildim.

Yaqinda saytda elon qilingan yosh murabbiylardan biri Bobur Zuhriddinov bilan intervyuni o'qib, uning bir gapi etiborimni tortdi. "Bizda selekcioner degan inson yo'q". Ha, chindanam bu borada xaqiqatni gapiribdi. Bir paytlar "Neftchi" klubini boshqargan Yuriy Sarkisyanning qishloqlarga borib yosh iqtidorlarni topib kelishini eshitgandik. Hozir qaysi murabbiyni ko'rsata olamiz u kabi izlanadigan? 

"Navbahor"da esa shuncha yildan buyon ishlagan biror murabbiy qila olmagan ishni, futbolchi sifatida Odil Axmedov boshlab berdi. Ha, Odilning xorij chempionatlarida o'zlashtirgan principlari bazi insonlarga malol kelgani ham achchiq haqiqat. Uning Namanganda boshlagan ishlariga qarshi chiquvchilar ko'p kuttirishmadi. Ularni ham tushinish kerak aslida. Eskicha tizim insonlari sifatida ularga zamonaviy principlar umuman to'g'ri kelmasdi. 

Odilning akademiyasiga haqiqiy talantlar tanlab olinishi bazi insonlarning moliyaviy maqsadlariga qarshi ishladi. Natijada kimningdir jiyani, kimningdir o'g'li va yana kimningdir erkatoylari bu ko'rikdan o'ta olishmadi. SHu o'rinda Namangan viloyat va shahar hokimlariga hamda Odil Ahmedovga chuqur minnatdorchilik bildirib qolamiz. CHunki o'zbek futboli shunaqa erkatoylardan bezib bo'ldi.Etiroz bo'lsa marhamat, yaqindagina Yaman chiqqan Osiyo chempionatidan mosuvo qilgan Nuraliev jamoasi tarkibiga etibor bering. Bunday holatlar futbolimiz zarariga ishlayapti. 

Bu erkatoylar ertaga oliy ligamizda bir klubdan ikkinchisiga o'taverib, hatto Ommaviy axborot vositalarining sahifalarini ham siyqasini chiqarvorishadi. Namanganda ish boshlagan yangi akademiya esa yaqin kelajakda haqiqiy istedodlarni kashf qilishiga shubham yo'q. Akademiya so'ziga alohida urg'u berganim bejiz emas. CHunki o'z akademiyasiga ega bo'lmagan klubdan barqarorlik kutish umuman noto'g'ri. Bir yillik smeta asosida qandaydir vaqtinchalik natijaga erishish mumkindir, lekin bu klub keyingi mavsumdayoq oliy ligada jon saqlab qolishga majbur bo'lib qolishi tabiiy hol. Bugun biz "Navbaxor" kelajagi haqida ancha xotirjam bo'lishimiz mumkin. Bunga hozircha asos yaratildi. 

Klub infratuzilmasi barqarorlikka erishishda muhim omildir. "Nasaf" va "Bunyodkor" klublarining bu boradagi ishlari ancha samarali ekanligi tahsinga sazovor. Bu klublar vaqtincha muvaffaqiyatsizlikka tushib qolishlari mumkin, lekin ular o'zlarini tiklab olishi uchun ko'pi bilan bir mavsum etarli. Bunga har ikki klub misolida guvoh bo'lishimiz mumkin. Klub rahbari, barcha xodimlar o'z ishini sidqidildan bajarsa, jamoa holati ancha yaxshi bo'ladi. Agar rahbariyat o'yinchi va murabbiylar bilan samarali faoliyat olib bormasa, salbiy natijaga olib keladi. "Navbahor"da hozircha oddiy muxlis sifatida bilganimiz, klub Prezidentining futbolga qiziqishi. 

Rahbariyatdan esa futbolchilarning transfer masalasida samaraliroq ishlashlarini so'rab qolardim. Aytaylik, kelajagi bor o'yinchilar bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzilsa. Bu ertaga o'sha futbolchining ko'tarma puli evaziga boshqa klubga o'tib ketishi oldini olibgina qolmay, balki klub g'aznasiga yaxshigina daromad ham olib kelishi aniq. Bugungi holatdan kelib chiqsak, jamoa yuragiga aylanib ulgurgan yosh va iqtidorli futbolchimiz Azizbek Turg'unboev agar 5 yillik shartnoma taklif etilsa, yo'q demasa kerak. 

Ertaga qaysidir kuchliroq klub qiziqish bildirsa, transfer summasini to'lab olib ketishi mumkin bӯladi. Yoki bu yil ko'rik asosida o'rinbosarlar tarkibiga jalb etilgan Akmal Turg'unboev ham (uning Azizbek Turg'unboevga hech qanday aloqasi yo'q) yuqori salohiyatga ega ekani, o'rinbosarlar tarkibida umidlilar etarli ekanidan dalolat. Bunday istedodlarni yaqin yillarda akademiyamizdan chiqishini hisobga olsak, rahbariyatdan shu fikrni inobatga olishlarini sӯrayman. Yani, barcha yosh futbolchilarimiz bilan uzoq muddatli shartnomalar tuzilsa maqsadga muvofiq bӯlardi. 

Bevosita bugungi tarkib masalasida gapiradigan bo'lsam, bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonov so'nggi yillardagi eng yaxshi tarkibni yiqqani aniq. Mavsum boshida asosan mahalliy futbolchilarni jalb qilgani barchamizni xursand qildi. Murabbiyning ishiga aralashish fikridan yiroqman. Lekin bir nechta muxlislarning fikrini shu erda bildirishni lozim topdim. Yani, jamoamizning asosan nominal bitta hujumchi bilan o'ynashi ko'pchiligimiz uchun yoqimsiz holatga aylanib bormoqda. 

Natijaga murabbiy javob berishi to'g'ri, lekin bir o'yindagi majburiy o'zgarish natijasida ikki nominal xujumchi bilan o'ynagan "Navbahor" o'yinini ko'rgan muxlis sifatida shuni aytishim mumkinki, jamoa hatto ikki hujumchi bilan ancha shiddatli ko'ringandi. Murabbiydan taktik sxemalarda turli variantlar ustida ham ishlab ko'rishini so'rab qolaman. Vaholanki, bir to'p farqi har qanday soniyada yo'qqa chiqishi mumkin. Butun Evropa hozir 4-4-3 yoki 3-4-3 sxemaga o'tib ketgan bir paytda bizning murabbiylar haliyam ittifoq davridan meros 4-5-1 sxemada o'ynab yurishi muxlislarga ham zerikarli bo'lib ketgan. 

"Navbahor" stadioni mamlakatimizdagi ko'rkam o'yingohlardan biri hisoblanadi. Faqat stadion chimi masalasida o'zgarish qilinsa nur ustiga nur bӯlardi. Ko'pchilik murabbiylarning stadion chimidan nolishgani bekorga emas. Stadionga borib turgan ashaddiy muxlislar buni yaxshi bilishadi. Demak, stadion maysasi parvarishiga alohida etibor berilishi yoki yangi mavsumgacha chimni almashtirish masalasi ko'rib chiqilishi kerak. 

O'zbekiston telekanallarida namoyish etilayotgan futbol ko'rsatuvlarining "Navbahor" haqida deyarli so'z ochmasligi, namanganlik ishqibozlar tabini xira qilib kelmoqda. Oddiygina "Sport" TVdan namoyish etiladigan "Fifa" ko'rsatuvida ushbu mavsum jamoamiz haqida aytarli malumot yoki reportaj berilmasligi, ko'rsatuvni intizorlik bilan kutadigan muxlislarimiz xafsalasini pir qilganiga muntazam guvoh bo'lib kelmoqdaman. 

Va klubimizning eng hurmatga sazovor jihati - MUXLISLARni katta harflarda yozmaslik noto'g'ri bo'ladi. "Navbahor" muxlislari har doim O'zbekistonda birinchilardan bӯlib kelishgan. Jamoani qo'llash borasida tarifga til ojiz. SHunchaki perfekt. Hatto madaniyatli muxlislik borasidayam ancha o'sishga erishilgan. Klubning hozirgi natijalarida muxlislarning ham xizmati beqiyos. Hozirda stadionda styuardlardan foydalanish borasidagi dastlabki qadam "Navbahor" muxlislari tomonidan tashlanganini alohida etirof etish kerak. 

Namanganlik ishqibozlar kerak bo'lsa matbuot xizmati vazifasiniyam o'zlari bajarib kelishmoqda. Klub rasmiy saytiga tashrif buyursangiz, asosan muxlislar tomonidan yozilgan maqola, futbolchilar bilan intervyular guvohi bo'lish mumkin. Har o'yinda yangilik kiritadigan muxlislar klubi xozirgacha ancha ishlarni amalga oshirishdi. Hatto klub marketing faoliyatini qo'llamaydigan bir vaqtda muxlislar sardorlari klub etiketkalari, futbolkalarini sotish orqali ancha daromad qilish mumkinligini ko'rsatib qo'yishdi. Muxlislar tomonidan mustaqil tayyorlatilgan futbolkalar, bayroqchalar, sharflar bunga misol. Agar klub mutasaddilari stadion atrofida maxsus magazin ochib, klubga tegishli narsalar savdosini yo'lga qo'yilsa, ham klub g'aznasiga foyda, xam muxlislarga yordam bo'lardi. Negaki futbolka yoki sharflarni qaerdan olishni bilmay yurgan ishqibozlar etarlicha topiladi. 

Men faqat o'z takliflarimni bildirib o'tdim xolos. Bu inobatga olinadimi yoki yo'q, menga qorong'i. Men professional jurnalist emasman va bunga davo ham qilmayman. Lekin, mavjud yutuqlar bilan havolanib yurishdan ko'ra, kamchiliklar ustida ishlash va ularni bartaraf etish kerak degan princip asosida yashayman. Kamchiliklarga ko'proq urg'u berganim futbolimiz rivoji uchun nimadir bersa, shundan xursand bo'laman. Tanqidlarimdan kimdir to'g'ri xulosa chiqarsa, demak men maqsadimga qisman bo'lsa-da erishgan hisoblanaman. 

Sardorbek Isroilov, Namangan viloyati, To'raqo'rg'on tumani.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика