Melo kelajak hujumchisi kimligini aytdi
17 may 2020 22:47
Yangiliklar
Melo kelajak hujumchisi kimligini aytdi
Braziliya terma jamoasi sobiq azosi Felipe Melo "Inter" forvardi Lautaro Martinesning o'yini haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
"Men Lautaroni bilaman, "Inter"da o'ynay boshlaganidan beri uni kuzatyapman. Martines menga to'psiz ham ko'p ter to'kadigan, kurashuvchan va ko'p gol uradigan Gabriel Jezusni eslatadi. Menimcha, u kelajak hujumchisi bo'ladi. Lautaro atigi 22 yoshda, ammo unda kuch-quvvat va gollar etarli darajada. Forvard har doim gollar urishi kerak", - dedi ayni paytda "Palmeyras" sharafini himoya qilayotgan yarim himoyachi.

Eslatib o'tamiz, Felipe Meloga A Seriya begona emas. U o'z vaqtida "Fiorentina", "Yuventus" va "Inter"da to'p tepgan.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
Fikrlar