Meksikada futbolchi o'ziga qizil kartochka ko'rsatgan hakamni o'ldirdi
08 noy 2016 08:41
Yangiliklar
Meksikada futbolchi o'ziga qizil kartochka ko'rsatgan hakamni o'ldirdi
Meksika havaskorlar ligasi futbolchisi Ruben Rivera Vaskes o'ziga qizil kartochka ko'rsatgan hakamni o'ldirib qo'ydi.
Bu haqda The Sun nashri xabar berdi. Ushbu voqea Tulansingo shahrida bo'lib o'tdi. Bahs hakami Viktor Trexo futbolchiga qizil kartochka ko'rsatganida Ruben hakamga boshi bilan zarba berdi. Referi hushidan ketib maydonga yiqildi va boshqa o'ziga kelmadi. Tibbiy yordam xodimlari uni qutqarib qola olishmadi. Vaskes esa ushbu vaziyatdan so'ng darhol yashirinishga ulgurib qolgan.
Fikrlar